Konveyer

Konveyer (ing. conveyer — tashuvchi) — toʻkma, donali, boʻlak-boʻlak yuk yoki buyumlarni, asosan, qisqa, baʼzan uzoq, masofaga uzluksiz va bir xil maromda tashiydigan mexanizm. Vazifasiga koʻra, transport (yuk tashiydigan) va texnologik (texnologik operatsiyalarni oʻzaro bogʻlaydigan) xillarga boʻlinadi. Tortish organi boʻlgan va tortish organi boʻlmagan turlari bor. Elektrik yuritma bilan harakatlanadigan mexanik konveyer keng tarqalgan. Bunday Konveyerlar…